
Anvar Boynazarov bugun final uchun ringga ko‘tariladi
Ma’lumki, bugun Frantsiyaning Lion shahrida kikboksing bo‘yicha GLORY 47 turniri doirasida janglar kechasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu janglar shousida beshta jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur qarama-qarshiliklarning birida Muay tay bo‘yicha ikki karra jahon chempioni va yakkakurash sport turlari ustasi hamyurtimiz Anvar Boynazarov (79-20-2, 45 KO) mezbonlar vakili Fabio Pinkoga (102-25-3, 42 KO) qarshi ringga ko‘tariladi.
GLORY 47 Lyon turniridan o‘rin olgan janglar
Yarimog‘ir vaznda titul jangi:
Artem Vaxitov (Rossiya) vs Ariel Machado (Braziliya)
Yarim o‘rta vazn:
Sedrik Dumbe (Frantsiya) vs Yoxan Lidon (Frantsiya)
Yarim engil vazn (67 kg)
1/2 final A:
Fabio Pinko (Frantsiya) vs Anvar Boynazarov (O‘zbekiston)
1/2 final B:
Aziz Xliali (17-14-1, 2 KO, Frantsiya) vs Abdelli Ezbiri (43-12-1, 13 KO, Frantsiya)
Ushbu yarim final janglarida g‘olib chiqqan sportchilar musobaqaning hal qiluvchi bellashuvida g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Yarim engil vaznda final jangi:
A g‘olibi vs B g‘olibi
Kecha ushbu janglardan oldin vazn tortish marosimi o‘tkazildi.
Sportchimizga omad tilaymiz.
Fikrlar