Uch nafar bokschimiz professional faoliyatini boshlaydi
12 dekabr kuni uch nafar professional bokschimiz debyut janglarini o‘tkazadi. Shulardan ikki nafari Rossiyaning Ekaterinburg shahridagi “Dom pechati” klubida ringga ko‘tariladi.
Unda Ravshanbek Umrzoqov rossiyalik 29 yoshli Evgeney Smelov (3-4-0, KO2) bilan kuch sinashsa, yana bir hamyurtimiz Qobiljon Hosilov professional karerasini armanistonlik Karen Margaryanga (1-0-0) qarshi jang bilan boshlaydi.
Shuningdek, Ravshan Ergashev ilk jangini qozog‘istonlik Rustam Svaevga (1-0-0) qarshi o‘tkazadi.
Bundan tashqari o‘tgan yili yozda professional faoliyati boshlagan hamyurtimiz Sharobiddin Jo‘raxonov (2-3-0, KO2) oltinchi jangida rossiyalik Vladislav Krosnosheyn (2-0, KO1) bilan kuch sinashadi.
Hamyurtilarimiz ishtirokidagi bu qarama-qarshiliklar Ekaterinburgda tashkil etiladi. Barcha bokschilarimizga omad tilaymiz.
Fikrlar