Dariya Gavrilova Sidneyda o‘zgacha uslubda o‘ynamoqda

Avstraliyalik Dariya Gavrilova «WTA Sydney International – 2018» turnirining ikkinchi davrasida hamyurti Samanta Stosur bilan raqobatlashdi.

Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tgan o‘yinda Dariya tezkor o‘yin namoyish etib, Samantani 6:4, 6:2 hisobida engdi. Ushbu o‘yindan so‘ng 23 yoshli Dariya Gavrilova o‘zaro o‘yinlarda 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi.

Endi Dariya Gavrilova chorak finalda ispaniyalik Garbin Mugurusaga qarshi kortga chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!