
Garbin Mugurusa ham chorak finalda
«WTA Sydney International – 2018» turnirining ikkinchi davrasida Garbin Mugurusa gollandiyalik Kiki Bertensga qarshi kortga chiqdi.
Dunyo reytingida uchinchi pog‘onada borayotgan Garbin uchrashuvni boshlanishi bilan o‘zining aniq to‘p uzatmalari orqali qator geymlarni yutib oldi va ilk setni 6:3 hisobida yakunladi. Ikkinchi setda Kiki ham o‘yin uclubini o‘zgartirib, ispaniyalik tennischiga jiddiy qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, Mugurusa o‘yin taqdirini tay-brekda o‘z foydasiga hal qildi.
Garbin Mugurusa va Kiki Bertens o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlardagi hisob 1:3 bo‘lib turibdi.
Fikrlar