
"Liverpul" safarda ham "Man Siti"ni engdi (Video)
Evropa Chempionlar Ligasi chorak final javob o‘yinida "Manchester Siti" jamoasi o‘z maydonida "Liverpul" futbolchilari bilan o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning ilk daqiqalaridan faol o‘ynagan "Manchester Siti" 2-daqiqada hisobni ochishiga qaramay, ikkinchi bo‘limda ikkita to‘r o‘tkazib yubordi.
Natijada ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Liverpul" 5:1 hisobida "Manchester Siti"dan ustun keldi va EChL yarim finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar