Siz futzal ko‘rayotganingizda qishki Olimpiada ochilishi qanday bo‘ldi? (foto)

CHERY AUTO

Bugun Toshkent vaqti bilan 16:00 da Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida navbatdagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘ziga xos tantanali va ayrim lahzalari bilan yodda qolgan ushbu tadbirni yurtimizda ko‘plab sport muxlislari futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining o‘yini parallel kelib qolgani sabab o‘tkazib yuborgan bo‘lsa kerak. E’tiboringizga Olimpiada ochilish marosimidan yorqin suratlarni havola qilamiz: 

Tecno

Marosimning dastlabki qismida koreys xalqi madaniyati va tinchlikka bag‘ishlab sahnalashtirilgan tomosha ko‘rsatildi. 

Koreya Respublikasi va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti musobaqani ochiq deb e’lon qilishdi. 

Bu esa KUN SURATI! Koreya Respublikasi prezidenti KXDR rahbari Kim Chen Irning singlisi bilan tinchlikka kelishib, o‘zaro qo‘l berishdi! Ma’lumot uchun, Kim Chen Irning oilasi 1950 yildan buyon Janubiy Koreyaga biror marta ham tashrif buyurmagan edi. 

Trnaslyatsion kameralarning e’tibori arena markazida bo‘ldi. Biroq chetdagi mana bunday kadrlar o‘tkazib yuborildi

Shundan so‘ng ishtirokchi terma jamoalarning paradi boshlandi. Paradda barchaning etlarini titratib yuborgan surat mana bu bo‘ldi: xokkeychilardan iborat ikki Koreyaning birlashgan jamoasi va ular bir bayroq ostida! Sport – bu tinchlik, degan jumlalar ushbu Olimpiadada yana bir bor o‘z aksini topdi. 

Barchaning hayratiga sazovor bo‘lgan chiqishlardan biri Tonga davlatidan kelgan mana bu shovvoz ijrosida bo‘ldi. Bu yigitni yaxshi eslaganlar bordir Pita Taufatofua Rio Olimpiadasida ham ishtirok etib, u erda ham ochilish marosimida badaniga kokos yog‘i surib chiqqan edi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ochilish marosimi vaqtida havo harorati tselsiy bo‘yicha -18 – -20 daraja sovuq edi. Mana shunday haroratda yalang‘och chiqishni qanday atasa bo‘ladi? Taqqoslab ko‘ring, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarimizni kutib olish vaqtida ham taxminan xuddi shunday harorat kuzatilgan. Yodingizga solish uchun ushbu sportchining Riodag chiqishini yodga olib, hozirgisi bilan solishtiramiz. 

23-qishki Olimpiya o‘yinlarida eng katta delegatsiya bilan ishtirok etadigan jamoa

Bu esa o‘zimizning Komiljon To‘xtaev va kamtarona delegatsiyamiz

Rossiyalik Olimpiada atletlari jamoasi. Ha, Rossiya terma jamoasi musobaqadan chetlatigach, dopingdan "toza" chiqqan sportchilari mana shunday neytral bayroq ostida musobaqada qatnashishadi.

Ishtirokchi jamoalar paradi o‘z yakuniga etgach, mezbonlarning faxriy sportchisi Yuna Kim Olimpiada mash’alasini yoqdi. 

Shundan so‘ng stadion uzra mushakbozlik boshlandi va marosim o‘z yakuniga etdi. Ertadan qishki sport turlariga ixtisoslashgan sayyoramizning eng kuchli sportchilari medallar uchun kurashni davom ettiradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!