Denis Istomin chorak final uchun o‘ynaydi

  • 6 fevral, 2018, 23:17
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilayotgan “Diema Xtra Sofia Open – 2018” turnirini muvaffaqiyatli boshladi.

Tecno

Sovrin jamg‘armasi 561.345 evroni tashkil etuvchi musobaqaning ilk uchrashuvida Denis mezbon tennischisi Adrian Andreevni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi Denis musobaqaning chorak final yo‘llanmasi uchun bo‘lib o‘tadigan bellashuvda latviyalik Ernest Gulbis va serbiyalik Viktor Troitski uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Tennis

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!