Sabina Sharipova Xitoyda yarim finalga chiqdi

Xitoyda Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova chorak finaldan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Sabina Sharipova musobaqaning yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tgan o‘yinda xitoylik Ao Gaiga qarshi kortga chiqib, 7:6, 5:7, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi u finalga chiqish uchun gonlonglik Jan Lin bilan kuch sinashadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!