
Neymar nega 1023 daqiqa davomida gol urolmadi?
Futbol statistikasi bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar Braziliya terma jamoasi va "Barselona"ning superhujumchisi Neymarning cho‘zilib ketgan golsiz seriyasiga e’tibor qaratishdi.
Neymar 2013-2014 yilgi mavsumda 41 ta rasmiy uchrashuvda 15 ta gol urib, 15 marta golli pas uzatgan edi. Keyingi mavsumda braziliyalik hujumchi 51 o‘yinda 39 ta gol urdi va 11 ta samarali to‘p oshirdi. O‘tgan yilgi mavsumning 49 ta uchrashuvida qatnashgan Neymar 31 ta golga va 27 ta golli pasga mualliflik qildi. Mutaxassislar buni ajoyib ko‘rsatkich deb baholamoqda.
Yangi mavsumni Neymarning foydasiga yozib bo‘lmaydi. Superfutbolchining o‘yini qovushmayapti. Statistik ko‘rsatkichlar ham shundan dalolat bermoqda. Bu mavsum barcha turnirlarda 20 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan Neymar atigi to‘rtta gol urdi. Golli paslar borasida vaziyat ancha yaxshi - 14 samarali pas.
Lekin Neymarning golsiz seriyasi qariyb 1000 daqiqaga etdi. Aniqrog‘i, Neymar 975 daqiqadan buyon raqiblar darvozasiga yo‘l topa olgani yo‘q. Neymar "Brselona" uchun so‘nggi golini o‘tgan yilning 10 oktyabr kuni Evropa chempionlar ligasida "Manchester Siti"ga urgan. Ispaniya chempionatida esa oxirgi marta 2 oktyabr kuni "Selta" darvozasini ishg‘ol qilgan.
Mutaxassislar Neymarning gol urolmayotgani sababini futboldan tashqaridagi hayotiga bog‘lashmoqda.
Fikrlar