
Ana xolos! Sanchesni ketib qolishidan qo‘rqqan "Arsenal" unga yiliga 20 mln evro bermoqchi
Londonning “Arsenal” klubi rahbariyati jamoada etakchi futbolchilarni saqlab qolish yo‘llarini qidirmoqda. Jumladan, Aleksis Sanchesni ham.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” chililik hujumchiga moliyaviy jihatdan ancha yuqori bo‘lgan shartnoma taklif qilishmoqchi. Aniqrog‘i, ular 28 yoshli forvard uchun yiliga 20 mln evro maosh to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Sanchesning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar imzolangan. Uning xizmatlariga shuningdek, “Bavariya” va “Manchester Siti” jamoalari ham jiddiy qiziqib qolishgan.
Fikrlar