Asian Fight-2017 musobaqasidagi o‘zbek jangchilarining raqiblari bilan tanishing

Xabaringiz bor, 9 sentyabr kuni O‘zbekiston penchak-silat federatsiyasi tomonidan Toshkentda silat bo‘yicha tashkil qilinishi rejalashtirilgan Asian Fight 2017 xalqaro jang shousida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar nomi e’lon qilindi.

“Bunyodkor” stadionida o‘tkazilishi belgilangan mazkur shouda sakkiz nafar yakkakurashchimiz ringga chiqishi rejalashtirilgan.

57 kg
Isroil Rasulov (O‘zbekiston) – Muhammad Xairi (Singapur)

66 kg
Ayubxon Kamolov (O‘zbekiston) – Vikash Dahiya (Hindiston)

Anvar Boynazarov (O‘zbekiston) – Gulam Dastagir (Afg‘oniston)

70 kg
Muhammadali Toshturg‘unov (O‘zbekiston) – Bektur Mangiev (Qirg‘iziston)

77 kg
Ulug‘bek Umarov (O‘zbekiston) – Abdul Sami Fayziy (Afg‘oniston)

86 kg
Mahmud Muradov (O‘zbekiston) – Magami Bairamov (Ozarbayjon)

91 kg
Hasanxon Baratov (O‘zbekiston) – Mixail Xoldorkin (Rossiya)

115 kg
Jasur Mirzamuhammedov (O‘zbekiston) – Vartan Aparian (Kipr)

 

 

Eslatib o‘tamiz, ushbu jang kechasidaga shuningdek, jahon yulduzlari – aktyor Jan-Klod Van Damm, yakkakurash janglari ustasi Jeff Monson ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!