
Azizbek Abdug‘ofurov: Ertaga navbatdagi nokautni rasmiylashtirmoqchiman
Ertaga, 7 yanvar kuni professional bokschimiz Azizbek Abdug‘ofurov (3-0-0, KO 3) o‘zining Malayziyaning Johor shtatida tashkil qilinadigan boks kechasida navbatdagi jangini o‘tkazadi.
O‘tgan yilning may oyida professional faoliyatini boshlagan bokschimiz shu vaqtga qadar uch marta ringga ko‘tarilib, ularning barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongan
24 yoshli Azizbek Abdug‘ofurov anchayin tajribali bo‘lgan indoneziyalik Aleksander Vaxavaga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu bokschi professional ringda jami 47 ta jang o‘tkazib, shulardan 41tasida (14 nokaut) zafar quchgan bo‘lsa, 2 mag‘lubiyat va 4 durang qayd etgan.
– Mazkur jangga tayyorgarlik yaxshi o‘tdi. Nokautlar seriyasini davom ettirishni xohlayman. Indoneziyalik bokschi ko‘p jang o‘tkazgan va birz tajribaliroq. Ammo barchasini ertangi jang hal qiladi, – deydi Azizbek SPORTS.uz internet-portaliga.
Bokschimiz shuningdek, barcha yurtdoshlarimizni kirib kelgan Yangi yil yil tabrikladi.
– 2016 yil O‘zbekiston sportchilari uchun juda omadli yil bo‘ldi. Buni bokschilar yili desa ham bo‘ladi. 2017 yil ham O‘zbekiston sportchilariga hamda xalqimizga omadli yil kelishini chin yurakdan tilab qolaman. Barcha bokschilar nomidan xalqimizga tinchlik-hotirjamlik, sihat-salomatlik va 2017 yil hammamiz uchun omad olib kelishiga tilakdoshman.
Shuningdek, mazkur boks kechasida yana bir engilmas bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov (8-0-0, KO 5) faoliyatidagi 9-jangini filippinlik Romeo Jakosalemga (18-13-1, KO 10) qarshi o‘tkazsa, kechaning uchinchi jangida filippinlik bokschilar Jeson Umbal (11-5-0, KO 8) va Gadbin Tubigon (14-12-2, KO 9) o‘zaro bahs olib borishadi.
Biz ham bokschilarimizga omad tilab qolamiz.
Fikrlar