Bahodir Nasimovning yangi jamoasi haqida nimalarni bilasiz?

“Bunyodkor” klubi hujumchisi Bahodir Nasimov faoliyatini Janubiy Koreyada davom ettirishi to‘g‘risida ma’lumot bergan edik. Tajribali Nasimov “K liga”ning “Ansan Griners” bilan kelishuvga erishgan. Biz futbolchining keyingi faoliyatida omad va zafarlar tilagan xolda, uning yangi jamoasi haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

“Nasaf”ning bo‘lajak raqibi “al-fatex” haqida 10 ta fakt

Klub tarixi

“Ansan Griners” jamoasi Janubiy Koreyadagi eng yosh jamoa sanaladi. Zero mazkur klub tashkil etilganiga xali 1 yil ham bo‘lganicha yo‘q. “Ansan Griners” 2016 yilning 22 iyul sanasida rasman tashkil etilgan. “Griners” 700 mindan oshiq aholisi bo‘lgan Ansan shahri sharafini himoya etadi.

Dastavval, Ansan shahri to‘g‘risida ma’lumot bersak. Ansan shahri Janubiy Seul hududi - Kyongida provintsiyasida joylashgan. Ansan shahri sanoat shahri sanaladi. Mazkur shaharda mashinasozlik, elektronika, metallurgiya va to‘qimachilik sanoati yaxshi taraqqiy etgan. Bevosita “Ansan Griners”ga qaytadigan bo‘lsak, jamoa tashkil etilgan sana turli manbalarda turlicha keltirilgan. Biroq jamoa hukumat ro‘yhatidan o‘tgan payt 2016 yilga to‘g‘ri kelgani sababli tashkil topgan sana sifatida aynan yuqoridagi sanani keltirsak to‘gri bo‘ladi, nazarimizda. Darvoqe, jamoaning laqabi – “yashil bo‘rilar”.

Jamoa stadioni

“Ansan Griners” o‘z uy uchrashuvlarini 2007 yilda qurib bitkazilgan “Ansan Wa~Stadium”da o‘tkazadi. Ta’kidlash joiz ushbu muxtasham arena o‘z bag‘riga 35 ming muxlisni sig‘dira oladi.

Jamoa murabbiyi

2016 yilning 31 oktyabr kuni klubga ilk murabbiy tayinlandi. Bunga qadar shaharning boshqa bir – “Ansan Mugunghva” jamoasini boshqarib kelgan 55 yoshli Li Hyong-Sil “Griners” tarixidagi ilk murabbiy sifatida faoliyatini boshladi.

Jamoa tarkibi

“Ansan Griners” tarkibida mahalliy futbolchilar va Nasimovdan tashqari ikki nafar legioner mavjud. Bular, braziliyalik hujumchi Vilyam Enrike va chernogoriyalik Luka Rotkovichlardir. Enrike ilk bor o‘z omadini o‘zga yurtda sinab ko‘rishni ixtiyor etgan bo‘lsa, Rotkovich 2013 yildan buyon xorij jamoalarida o‘ynab kelmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joiz Luka Rotkovich 2015 yil Qozog‘istonning “Oqjetpes” klubi safida chempionatda 13 ta to‘p kiritib, to‘purarlar bahsida ikkinchi bo‘lgan.

“Ansan Griners” bugungi kunda…

“Ansan Griners” bu masvsum mamlakatda nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turvchi “K Liga Chellenj” turnirida ishtirok etadi va klubning ilk rasmiy o‘yini ham aynan mazkur turnir doirasida 4 mart kuni o‘tkazishi kutilmoqda. Shu kuni Nasimovning yangi jamoasi o‘z maydonida “Dayjon Sitizen” klubiga qarshi maydonga tushadi.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!