"Barselona" yozda jamoani tark etadigan Rakitich o‘rniga Mahmudni chaqiryapti

  • 20 yanvar, 2017, 15:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 

"Barselona" rahbariyati tarkibni muntazam yoshartirib borishga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Kataloniyaliklar jamoaning tajribali yarim himoyachisi Ivan Rakitich yozda jamoani tark etishga hozirlik ko‘rayotgani bois unga o‘rinbosar qidirmoqda.

"Barselona" bu borada Germaniya chempionatida porlay boshlagan yosh yarim himoyachi Mahmud Daud nomzodini ma’qullayapti. Asli suriyalik bo‘lgan 21 yoshli futbolchi Germaniya yoshlar terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Ayni paytda Menxengladbaxning "Borussiya" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Mahmud Daudga "Yuventus", "Milan" va "Liverpul" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Bu futbolchi "Borussiyaning asosiy tarkibida jami 62 ta uchrashuv o‘tkazib, oltita gol va 11 ta golli pasga mualliflik qilgan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!