Belinda zo‘r chiqib qoldi
Avstraliyada davom etayotgan Xopman kubogining "A" guruhida ishtirok etayotgan Shveytsariya va Buyuk Britaniya jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Yakkalik uchrashuvlarida Rojer Federer Deniel Evansni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Belinda Benchich raqibasi Xiter Uotsonga qarshi o‘tkazilgan bahsni 7:5, 3:6, 6:2 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Jamoalarning juftlik bellashuvida ham omad shveytsariyalik tomonidan bo‘ldi. Federer va Benchich dueti Evans hamda Uotsonni osonlikcha 4:0, 4:1 hisobida taslim qildi.
Xopman kubogining "A" guruhidan Germaniya va Frantsiya jamoalari ham joy olgan.

Fikrlar