
Bilasizmi? “Paxtakor” bu mavsumda ilk bor safarda g‘alaba qozondi
Toshkentning “Paxtakor” jamoasi 15-turda hamshahari “Obod”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va birinchi davrani g‘alaba bilan tugatdi.
Bungacha “sherlar” safar o‘yinida biror marta ham g‘alaba qozona olmagandi. Ushbu yoqimsiz an’anaga “Obod”ga qarshi uchrashuvda chek qo‘yildi.
Qayd etish kerakki, ikkinchi davrada “Paxtakor” jamoasini gruziyalik mutaxassis Shota Arveladze boshqaradi.
Fikrlar