
Bu turda “Buxoro” eng ko‘p tomoshabin jalb qildi, “Paxtakor” muxlislari uchinchi o‘rinda
11–12 avgust kunlari oliy liga 17-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Unda dastlab, “Bunyodkor” o‘z maydonida “Olmaliq”ni qabul qilib kichik 1:0 hisobida taslim etgan bo‘lsa, “Buxoro” “Nasaf”ni, “Qo‘qon-1912” “Obod”ni “Sho‘rtan” “Dinamo”ni, “Mash’al” “Metallurg”ni huddi shu hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Amaldagi chempion “Lokomotiv” Jizzaxda mezbonlar darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgan bo‘lsa, “Paxtakor” Farg‘onaning “Neytchi” klubini yanchib tashladi – 6:0.
“Qizilqum” – “Paxtakor” uchrashuviga eng ko‘p tomoshabin tashrif buyurdi, “Obod”dan antirekord
Endi esa SPORTS.uz sayti har doimgidek e’tiboringizga ushbu tur bahlariga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishtirib o‘tadi.
17-tur uchrashuvlarida stadionlarimizga jami 40476 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu o‘rtacha bir o‘yinga 5059.5 muxlis keldi degani. Turning markaziy bellashuvi hisoblangan “Buxoro” - “Nasaf” bahsini 13680 ishqiboz bevosita o‘yingohdan kuzatib bordi. Bu turning eng ko‘p tomoshabin tashrif buyurgan uchrashuvi bo‘ldi.
Eng kam muxlis borasidagi statistika Toshkent klubiga tegishli. “Bunyodkor” – “Olmaliq” bellashuvini 678 ishqiboz stadiondan kuzatib bordi xolos. Bu natija turning eng kam muxlis jamlagan bahsidir.
Quyida ushbu turdagi o‘yinlarga qancha tomoshabin kelganini bilib olishingiz mumkin.
«Buxoro» (Buxoro) – «Nasaf» (Qarshi) – 1:0. 13680 tomoshabin.
«Navbahor» (Namangan) - «Qizilqum» (Navoiy) – 3:2. 6323 tomoshabin.
«Paxtakor» (Toshkent) - «Neftchi» (Farg‘ona) – 6:0. 6155 tomoshabin.
«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) - «Obod» (Toshkent) - 1:0. 5500 tomoshabin.
«Sho‘rtan» (G‘uzor) - «Dinamo» (Samarqand) – 1:0. 3751 tomoshabin.
«So‘g‘diyona» (Jizzax) - «Lokomotiv» (Toshkent) – 0:4. 3220 tomoshabin.
«Metallurg» (Bekobod) - «Mash’al» (Muborak) - 0:1. 1169 tomoshabin.
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 1:0. 678 tomoshabin.
Fikrlar