
"Buxoro" murabbiylar shtabi o‘z lavozimidan ozod etildi
Yangi mavsumda o‘z oldiga OChL yo‘llanmasini qo‘yayotgan "Buxoro" klubida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.
SPORTS.uz internet axborot portaliga malum bo‘lishicha, shu kunga qadar buxoroliklarga ustozlik qilayotgan Jamshid Saidov va jamoadagi maslahatchi murabbiy Tachmurad Agamurodovlar o‘z lavozimlaridan ozod etildi.
Shuningdek, jamoa menejeri ham ishdan bo‘shatib yuborilgan. Hozircha ushbu mutaxassislar nima sababdan klub boshqaruvidan ketkazib yuborilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q
Fikrlar