Dani Alvesh: “Barselona”ning omadsizligini ko‘rish men uchun og‘ir

  • 20 aprel, 2017, 12:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Dani Alvesh kecha bo‘lib o‘tgan “Barselona”ga (0:0) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Men “Yuventus” va jamoadoshlarim uchun hursandman. Albatta, bugun biroz hafaman. Chunki, bu oqshom “Barselona”dagi sobiq jamoadoshlarimni holatini ko‘rish men uchun qiyin.

Hozir o‘zimni juda g‘alati his qilyapman. “Barselona”ning omadsizliklarini ko‘rish men uchun juda og‘ir. Ammo, bu kasbimizning bir qismi”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki bahsda 3:0 hisobida imkoniyatni boy bergan va o‘z maydonida 0:0 hisobida durang o‘ynagan “Barselona” musobaqadagi ishtirokini chorak finalda to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Xavi: Men Dani Alveshni “Barselona”ga qaytargan bo‘lardim...

Dani Alvesh “Barselona”ga qaytmoqchi bo‘ldi, biroq...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!