Dunyoning eng tomoshabop chempionatlari (Top-10)

CHERY AUTO

Sport tomoshalari har doim muxlislar uchun eng zavqli ko‘ngil ochish vositasi bo‘lib kelgan. Shu asosda sportingintelligence nashri butun dunyodagi eng ommabop sport turlarini tahlil qildi.  

Tecno

Nashrda tahlil etilgan ushbu ko‘rsatkichlar o‘tgan mavsumdagi raqamlarga asoslanib, top-10 talik reyting shaklida tashkil etildi.

 Demak, dunyodagi eng ommabop sport ligalari bilan tanishing:

10. CFL (Kanada futbol ligasi – Kanada futboli)

Kanada futboli –Amerika futboli turlaridan biri. O‘z mintaqasida CFL nomi bilan mashhur ushbu liga o‘tgan mavsum davomida o‘tkazilgan 81 bahsda 24 692 tomoshabin yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.

9. Liga MX (Meksika chepmionati Oliy divizioni – futbol)

Meksika chempionati biz uchun u qadar tanish chempionatlardan emasligi barchamizga ayon ammo, bu Markaziy Amerika vakillarining futbolga bo‘lgan qiziqishlari past ekanligini anglatmaydi.

Fikrimizni dalillash uchun esa quyidagi raqamlarga e’tiboriningizni qaratgan bo‘lardik. O‘tgan yilda o‘tkazilgan  Liga MX bahslarida 306 ta o‘yin tashkil eitlgan bo‘lsa, har bir bahsni o‘rtacha 26 151 nafar muxlis bevosita stadiondan kuzatib borgan. Ajoyib, to‘g‘rimi?

8. La Liga (Ispaniya chempionati – futbol)

Bugungi kunda “El-klassiko” uchrashuvlari haqida bilmaydigan va Ispaniya Premerasi uchrashuvlariga qiziqish bilan qaramaydigan muxlisning o‘zi topilmasa kerak.

Dunyoning eng kuchli futbolchilari jam bo‘lgan ushbu musobaqa tomoshaboplik bobida kutilganidek samaradorlik qayd etganicha yo‘q. Ajabki, 2015/16 mavsum davomida o‘tkazilgan Ispaniya klublari 380 ta uchrashuvda maydonga tushib, muxlislar bo‘yicha o‘rtacha 28 191 nafarlik ko‘rsatkich qayd etdi.

Bu bilan ular reyting jadvalida 8 o‘rinni band etdi. Biroz noodatiy o‘rin ammo, nailoj, raqamlar aldashni bilmaydi.

7. BBL (Big Bash League, Avstraliya kriket ligasi)

Kriket barchamizga Hindistondagi eng ommaviy sport turlaridan biri sifatida mashhur. Ammo ushbu mashhurlik dunyo miqyosida olib qaralganda avstraliyaliklarning soyasida qolib ketayotgandek tasavvur uyg‘otadi. Avstraliya kriket ligasi ayni fikrimizga asos bo‘ladi.

Bu borada faktlarga tayanadigan bo‘lsak, o‘tgan mavsumda BBL ya’ni Big Bash League doirasida jami 32 ta o‘yin tashkil etilgan bo‘lsa, ushbu o‘rashuvlarning har biriga o‘rtacha 28 249 nafar muxlis tashrif buyurgan.

6. (NPL Nippon Professional Baseball, Yaponiya beysbol ligasi)

Kunchiqar yurt vakillari Osiyoda futbol, dzyudo kabi sport yo‘nalishlari bo‘yicha etakchilik qiladi.

Ammo, Yaponiya beybol ligasining o‘tgan mavsum ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ushbu reyingdan o‘rin olishi kunchiqar yurt vakillarining beysbolga bo‘lgan qiziqishlarining ancha yuqori ekanligidan dalolat bermoqda.

Endi raqamlarga e’tibor qarating. Yaponiya beysbol ligasi doirasida jami 858 ta o‘yin tashkil etilgan bo‘lsa, ushbu bahslarni o‘rtacha 29 116 nafar muxlis bevosita stadiondan turib kuzatgan.

5. MLB (AQSh va Kanada bosh ligasi – beysbol)

Umumiy jihatdan olib qaraganda MLB 2016 yilgi mavsumda muxlislarni jalb etish borasida juda katta muvaffaqiyatga erishdi.

O‘tgan yilda tashkil etilgan bahslarni bevosita stadiondan kuzatgan muxlislar soni umumiy 73 million (!)ni tashkil etdi. Bu raqamni agarda, o‘yinlarga nisbatan ko‘rsatkichlarini olib qaraydigan bo‘lsak, har bir o‘yinga o‘rtacha 30 131 nafar muxlis tashrif buyurgani ayon bo‘ladi.

 

4. AFL (Avstraliya futboli ligasi)

Avstraliya futboli ligasi – ushbu atamani Avstraliya futbol ligasi bilan adashtirib yuborish mumkin. Ammo, Avstraliya futboli bu amerika futboliga o‘xshash sport turi hisoblanadi. Ammo, ba’zi jihatlari bilan o‘zaro farqlanadi.

Ko‘rinib turibdiki, “kengrular yurti”da futbolga qaraganda, avstraliya futboli ko‘proq ommalashgan. Buni bevosita quyidagi raqamlardan ham ko‘rib chiqishimiz mumkin.

O‘tgan mavsumda AFL ya’ni Avstraliya futboli ligasida 198 ta o‘yin o‘tkazilgan bo‘lsa, ushbu bahslarni o‘rtacha 31 878 nafar muxlis stadiondan kuzatgan. Bu albatta, kichik ko‘rsatkich emas.

3. APL (Angliya premer ligasi – futbol)

Angliya Premer Ligasi dunyodagi eng tomoshabop liga deb hisoblovchi muxlislar oramizda yo‘q emas, hatto, ularning aksariyati bu borada istalgan kishi bilan bahslashishi ham, tabiiy.

Ammo, raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, o‘tgan mavsumda tashkil etilgan jami 380 ta o‘yinda o‘rtacha 36 452 tomoshabin kuzatgan. Ajoyib ko‘rsatkich ammo, bu dunyoning mutlaq eng tomoshabop ligasiga aylanish uchun etarli emas.

2. Bundesliga (Germaniya chempionati – futbol)

Germaniya Bundesligasi bahslarida APL ga qaraganda o‘yin 74 taga tashkil etiladi. Buning sababi esa, albatta, Germaniya oliy divizionidagi jamaolarning 20 ta emas, 18 ta ekanligi bilan bog‘liq.

Ammo, shunday bo‘lsada, o‘tgan mavsum ko‘rsatkichlariga qaraganda, Bundesliga doirasida tashkil etilgan 306 ta o‘yinni o‘rtacha 42 421 nafar muxlis kuzatib borgan bu esa APL muxlislaridan 5969 taga ko‘p deganidir.

1. NFL (Milliy futbol ligasi – amerika futboli)

Amerika futboli haqiqatda, dunyoning eng ommabop chempionatdir. Buning eng asosiy sababi, ushbu sport turining AQShda o‘ta yuqori darajada ommalashib ketgani bilan bog‘liq.

Endi bevosita raqamlarga murojaat qilamiz. 256 o‘yinda o‘rtacha 69 487 tomoshabin; izohga xojat bo‘lmasa kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!