EChL 1/4 final: Bugun “Yuventus” “Barselona”ni, “Borussiya D” “Monako”ni qabul qiladi

  • 11 aprel, 2017, 08:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO


Bugun Osiyoda bo‘lgani kabi Evropa yashil maydonlarida ham chempionlar ligasi bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda mazkur musobaqaning chorak final dastlabki ikkita o‘yiniga start beriladi.

Tecno

Ushbu bosqichning markaziy uchrashuvlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan qarama-qarshilikda musobaqaning 2014/2015 mavsum finalchilari Turinning “Yuventus” hamda Ispaniyaning “Barselona” jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Jamoalarning taxminiy tarkiblari bilan tanishing.

EChL-2017 1/4 final
11.04.2017
23:45 “Yuventus” (Italiya) – “Barselona” (Ispaniya)

higuain_vs_messi

“Yuventus”: Buffon, Dani Alves, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Pyanich, Xedira, Kuadrado, Dibala, Manjukich, Iguain.
O‘ynamaydi: Pyatsa (jarohat)
Sariq kartochkalari bor: Kuadrado

“Barselona”: ter Stegen, Serxi Roberto, Pike, Yumtiti, Jordi Alba, Rakitich, Maskerano, Inesta, Messi, Luis Suares, Neymar.
O‘ynamaydi: Buskets (diskvalifikatsiya), Rafinya (jarohat), Alesh Vidal (jarohat), Arda Turan (jarohat).
Sariq kartochkalari bor: Neymar, Pike, Rakitich.


Shuningdek, ikkinchi to‘qnashuvda esa mutaxassislar tomonidan teng kuchli va o‘ziga xos o‘yinlari bilan muxlislarni xushnud etadigan Dortmundning “Borussiya” jamoasi muhtasham “Signal Iduna Park” stadionida Frantsiyaning “Monako” klubi qarshiligini engishga harakat qilib ko‘radi.

23:45 “Borussiya D” (Germaniya) – “Monako” (Frantsiya)

aubameyang

“Borussiya D”: Byurki, Pisshek, Papastatopulos, Bartra, Shmeltser, Vaygl, Dembele, Kagava, Pulishich, Gerreyru, Obameyang.
O‘ynaymaydi: Gyottse (shamollash), Shyurrle (jarohat), Durm (jarohat)
So‘roq ostida: Roys (jarohat)
Sariq kartochkalari bor: Gerreyru, Shmeltser

“Monako: Subashich, Fabino, Raji, Glik, Mendi, Moutinyu, Silva, Lemar, Mbappe, Falkao, Jermen.
O‘ynamaydi: Bakayoko (diskvalifikatsiya), Sidibe (jarohat), Boskilya (jarohat), Karrilo (jarohat).
Sariq kartochkalari bor: Fabino, Jemerson, Jermen, Sidibe.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!