Eng iste’dodli dzyudochilar Samarqandda bellashadi

CHERY AUTO

Joriy yilning 18-20 aprel kunlari Samarqand shahrida dzyudo bo‘yicha 1998-1999 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

Tecno
 

O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi zaxirasini shakllantirish va iste’dodli sportchilarni saralab olish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan iste’dodli dzyudochilar g‘oliblik uchun kuch sinashadi. Musobaqa ishtirokchilari jami 18 ta medallar jamlanmasi uchun tatamiga chiqadi.

Dzyudochilarimizning katta ustozi tavallud kunini nishonlamoqda

O‘zbekiston chempionatida mahoratini namoyish etib, sovrinli o‘rinlarni egallagan dzyudochilar joriy mavsumda xalqaro miqyosda tashkil etiladigan musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qiladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!