Engilmas Floyd Meyvezer yangi rekord o‘rnatdi
Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer Las-Vegasda yakuniga etgan yilning eng shov-shuvli jangidan so‘ng yangi rekord sohibiga aylandi.
Irlandiyalik Konor Makgregor ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng u afsonaviy bokschilardan biri Rokki Marchianodan o‘zib ketdi. Bu muvaffaqiyat 40 yoshli bokschi uchun professional ringda 50 jangdan 50-g‘alabasi sifatida tarixga muhrlandi.
Rokki Marchiano esa faoliyati davomida 49 jangda 49 g‘alaba (43 nokaut) qayd etgan.


Fikrlar