
Engilmas Mansur (Mangust) To‘g‘izboevning ikki shogirdi Bishkekda jang qiladi
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 11 mart kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida FFC turniri o‘tkaziladi.
MMA jangchisi va MMA bo‘yicha mamlakatimizning eng zo‘r murabbiyi Mansur (Mangust) To‘g‘izboevning shogirdlari ham mazkur musobaqada ishtirok etadi.
Musobaqaning 70 kg vazn toifasida hamyurtimiz Jahongir Yorqulov qirg‘izistonlik Berik Abdujaparovga qarshi bahs o‘tkazadi. Vazni 63 kg bo‘lgan Otabek Xamzaliev esa mezbon sportchi Baxtiyor To‘ychibaev bilan raqobatlashadi.
“Bu musobaqa biz uchun juda muhimdir. Joriy yilgi ilk turnirni g‘alaba bilan boshlashni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Berik yaxshi jangchi, men esa uni mag‘lub etmoqchiman. Bu uchun murabbiyim Mansur aka bilan tinimsiz mashg‘ulotlar o‘tkazmoqdamiz. Umid qilamanki, mazkur jangda g‘alaba qozonaman”, - deydi Jahongir Yorqulov.
Fikrlar