Eronlik jurnalist Server Jeparovni jahlini chiqardi

  • 14 yanvar, 2017, 11:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Biroz avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston terma jamoasi va «Lokomotiv» klubi yarim himoyachisi Eronning «Istiqlol» klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kecha tunda Tehron shahriga tashrif buyurdi.

Futbolchini Imom Homeyni Xalqaro Aeroportida «Istiqlol» klubi rasmiylari kutib olgan. Shuningdek 34 yoshli charm to‘p ustasi intervyu berishga ham ulgurdi.

Shuni bilamanki, «Istiqlol» klubi nafaqat Eronda, balki Osiyo miqyosida ham o‘zining shonli tarixiga ega. Eron chempionati saviya borasida boshqa chempionatlardan qolishmaydi.

Shuningdek, eronlik jurnalist terma jamoamiz a’zosidan «34 yoshda ham Eron klubi tarkibida yaxshi o‘yin ko‘rsata olishingizga ishonchingiz komilmi?» deya savol bergan. Tabiiyki bu savol Jeparovga yoqmagan va u quyidagicha javob qaytargan.

Nimaga bunday savol berayotganingizga ochig‘i tushinmadim. Men qarib qolganim yo‘q va har doim yaxshi formada to‘p sura olaman.

Suxbat so‘nggida futbolchimiz nega aynan «Istiqlol» klubidan yuborilgan taklifni qabul qilgani haqida ham to‘xtalib o‘tgan:

Agentim orqali «Istiqlol» klubidan taklif oldim va bu taklifga rozilik bildirdim. Chunki Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etadigan yana bir klub tarkibida ishtirok etish maqsadim yo‘q emas edi.

SPORTS.uz  axborot portali Server Jeparov transferi bo‘yicha voqealar rivojini uzluksiz kuzatib bormoqda va yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan o‘quvchilarimiz e’tiboriga havola etiladi. 

SPORTS.uz saytini kuzatib boring.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!