Evrokuboklarning yarim finali 12 yil ichida ilk bor nemislarsiz o‘tadigan bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bu mavsum evrokuboklarning yarim finali nemis jamoalarisiz o‘tadigan bo‘ldi. “Bavariya” EChLda “Real”ga, “Borussiya Dortmund” esa “Monako”ga har ikkala bahsda ham imkoniyatni boy berdi.

Evropa ligasida esa chorak finalga faqatgina “Shalke-04” etib kelgan edi. Biroq gelzenkirxenliklar kecha “Ayaks”ni mag‘lub etgan bo‘lsalarda, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra musobaqa bilan xayrlashishga majbur bo‘lishdi.

Evropa ligasi: "Shalke-04" bir kishi kam bo‘lib qolgan "Ayaks" ustidan kerakli hisobda g‘alaba qozona olmadi va musobaqani tark etdi

E’tiborlisi, bunday vaziyat so‘nggi 12 yil ichida ilk bor ro‘y bermoqda. 2004/05 yilgi mavsumda “Bavariya” EChL chorak finalida “Chelsi”ga yutqazib qo‘ygan edi. “Verder” xamda “Bayer” klublari esa turnirni gurh bosqichidayoq yakunlagashgan edilar. O‘shanda “Alemaniya”, “Shalke” va “Shtutgart” jamoalari esa UEFA kubogini 1/16 finaldayoq tark etishgan edi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!