Gamburg-2017: Jasurbek Latipovning ringga chiqish vaqti ma’lum bo‘ldi
Ma’lumki, bugun Gamburgda davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati bellashuvlarida bir nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.
Saralash bahslaridan o‘rin olgan qarama-qarshilikda 52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jasur Latipov puertorikalik Yankiel Rivera bilan kuch sinashadi.
Mazkur jang musobaqaning kechki dasturidan o‘rin olgan. Kechki janglar Toshkent vaqti bilan 22:00da start oladi va jonli translyatsiya efirga uzatiladi. Bokschimiz 22:15da ringga chiqishi rejalashtirilgan.
Mazkur juftlik g‘olibi keyingi bosqichda 28 avgust kuni bolgariyalik Daniel Asenovni sinovdan o‘tkazadi.

Fikrlar