Grizmann - JCh-2018ning eng sermahsul futbolchisi, Manjukich esa ikkinchi o‘rinda

  • 15 iyul, 2018, 23:53
  • 1
  • Futbol

Xabaringiz bor bundan biroz avval Moskvadagi “Lujniki” stadionida futbol bo‘yicha XXI jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Unda Frantsiya Xorvatiyani 4:2 hisobida taslim etib o‘z tarixidagi ikkinchi chemponlikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra frantsiyaliklar hujumchisi Antuan Grizmann “gol+pas” tizimi bo‘yicha JCh-2018ning eng sermahsul futbolchisi bo‘ldi. Aniqrog‘i, “Atletiko” forvardi butun musobaqa davomida raqiblari darvozasiga 4ta gol urish bilan birga, jamoasining 3ta goliga assistentlik qilishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Qayd etish lozimki, bu borada keyingi o‘rinni 6 ochko bilan finalda mag‘lub bo‘lgan Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Mario Manjukich (3+3) egalladi. Turnir to‘purari Xarri Keyn (6+0) esa bu borada uchinchi natijani qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!