Husniddin G‘ofurovning sherigi Shavkat Salomov bilan bir jamoada to‘p surishi mumkin

  • 16 yanvar, 2017, 19:18
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Shavkat Salomov Qozog‘istonning “Atirau” klubida ko‘rikdan o‘tayotgani to‘g‘risida xabar bergan edik.  

Tecno

So‘nggi olingan ma’lumotga qaraganda, ushbu klub Serbiyaning “Yavor” klubi yarim himoyachisi Yovan Jokichni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan.

Serbiya klubi matbuot xizmatining tarqatayotgan xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbol shu vaqtga qadar mamlakat tashqarisida umuman to‘p surmagan va joriy mavsumda 19 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va shuncha samarali pasga mualliflik qilgan.

Qayd etish joiz, hamyurtimiz Husniddin G‘ofurov ham 2013 fildan buyon "Yavor" klubi sharafini himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!