Ibragimovich yarim yil futbol o‘ynolmasligi mumkin

  • 22 aprel, 2017, 10:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashxur jurnalist Janluka Di Martsio shvetsiyalik forvard Zlatan Ibragimovichning Evropa ligasi chorak finalidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” va “Anderlext” jamoalari bahsida olgan jarohati qanchalik jiddiy ekanligi haqida xabar berdi.

Tecno

Eslatib o‘tish kerakki, Zlatan o‘yinning qo‘shib berilgan daqiqalarida maydonga noqulay holatda quladi va jarohatlandi. Shundan so‘ng o‘yinni davom ettirolmasligini bildirgan shvetsiyalik futbolchining o‘rniga Antoni Marsyal tushirildi.

“Ibragimovichning tizza paylari qattiq jarohatlangan bo‘lishi ehtimoldan holi emas”, - deb yozadi Di Martsio o‘z saytida.

Tez vaqtlar ichida 35 yoshli futbolchi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Agar uning jarohati tasdiqlansa, u holda Ibragimovich yarim yil maydonga tusholmasiligi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Sky Sports ham Zlatanning bu mavsum boshqa o‘ynolmasligini tasdiqlagan edi.

Mourino: Men – murabbiyman, shifokor emas

Evropa ligasi: Reshford qo‘shimcha daqiqalarda gol urib "MYu"ni yarim finalga olib chiqdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!