Italyan "mafiya"si Tottini "Mayami"ga chorlamoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 “Roma” klubi hujumchisi Franchesko Totti faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin. Bu haqda  Goal.com nashri xabar tarqatmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha,Italiya terma jamoasining 40 yoshli sobiq hujumchisiga “Milan” klubidagi o‘yinlari bilan mashhur bo‘lgan italiyalik himoyachi, “Mayami” klubi bosh murabbiyi Alessandro Nesta qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish lozim, ushbu klubga Italiya terma jamoasi va “Milan” klubi sobiq himoyachisi Paolo Maldini va italiyalik tadbirkor Rikkardo Silvalar egalik qilishadi.

Ma’lumot o‘rnida, Tottining “bo‘rilar” bilan tuzilgan shartnomasi 1 iyulga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!