Joshua himoya jangidan voz kechib, Klichkoga revansh olish imkoniyatini taqdim qildi
Super og‘ir vazn toifasining IBF va WBA versiyalari bo‘yicha chempionlik titullariga agalik qilayotgan britaniyalik Entoni Joshua IBF kamari majburiy himoya jangini o‘tkazishdan ozod qilindi. Bu haqda Sky Sports nashri ma’lum qilgan.
Britanliyalik bokschi himoya jangida Kurbat Pulev bilan uchrashishi kerak edi, ammo buning o‘rniga u ukrainalik Vladimir Klichko bilan revansh jangini o‘tkazishni ma’qul topgan. Jang joriy yilning dekabr oyiga qadar o‘tkazilishi shart.

Eslatib o‘tamiz, 29 aprel kuni “Uembli”da Joshua Klichkoni 11-raundda texnik nokautga uchratgan edi. Bu uning professional faoliyatidagi 19 jangidan 19-nokauti bo‘ldi.

Fikrlar