Joshuadan nokautga uchragan Klichko nima dedi?
Buyuk Britaniyaning London shahrida professional boksning o‘ta og‘ir vazn toifasida superjang bo‘lib o‘tdi. "Uembli" stadionida 90 ming muxlis ko‘z o‘ngida o‘tkazilgan uchrashuvda mezbonlarning 27 yoshli bokschisi Entoni Joshua (19-0-0, 19 KO) o‘ziga tegishli IBF chempionlik kamari va vakant turgan WBA Super hamda International Boxing Organization chempionlik kamarlari uchun 41 yoshli Vladimir Klichko (64-5-0, 53 KO) bilan jang qildi.
Joshua Klichkodan 4 kilogramm og‘ir chiqdi
Klichko Entoni Joshuani Arnold Shvartseneggerga o‘xshatdi
Ushbu superjang 11 raund davom etdi. Uchrashuv yakunlanishiga bir raund qolganida britaniyalik bokschi raqibini nokautga uchratib o‘z g‘alabasini nishonladi.
Jangdan so‘ng Vladimir Klichko o‘z fikrini bildirdi.
- Tomoshabop bo‘lgan jangda bugungi kunda eng kuchli hisoblangan bokschi g‘alaba qozondi, - dedi Vladimir Klichko. - Men g‘alaba qozonmoqchi edim, lekin Joshua zo‘r chiqib qoldi.
O‘z navbatida Entoni Joshua ukrainalik raqibini hurmat qilishini va Klichkoning sportdagi faoliyati yoshlar uchun namuna ekanini ta’kidladi.



Fikrlar