Klichko Joshua bilan revansh jangiga shoshilmayapti
Super og‘ir vazn toifasining WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Vladimir Klichko britaniyalik Entoni Joshua bilan bo‘lishi kutilayotgan revansh jangiga qaror qilishga shoshilmayapti.
29 aprel kuni Londondagi muhtasham “Uembli” stadionida uchta chempionlik kamarlari uchun kechgan jang Joshuaning texnik nokauti bilan yakunlangan edi.
– Tezda men Joshua bilan bo‘ladigan revansh jangi shartnomasidagi shartlarni ko‘rib chiqib, qabul qilish-qilmasligimni aytaman. Hamma faqatgina shu mavzu haqda yozmoqda. Men hali qaror qabul qilmadim, – deydi Klichko Fightnews nashriga.



Fikrlar