Klichko va Joshua revansh jangi Las-Vegasda o‘tkazilishi mumkin
Super og‘ir vazn toifasining WBA (Super), IBF, IBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn ukrainalik Vladimir Klichko bilan revansh jangni o‘tkazish yo‘llarini qidirmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ushbu jangga mezbonlik qilishga Las-Vegasdagi “T-Mobile Arena”si asosiy nomzod bo‘lib turibdi.
– Biz “T-Mobile Arena” bilan tanishib chiqdik. Taassurotlar ajoyib. Ikki tomonning ham jangni o‘tkazishga qiziqishlari katta. Keyingi hafta biz muzokaralarga kirishamiz. Shundan so‘ng ba’zi masalalarga echim topilishi kutilmoqda, – deya Xirnning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri.
Eslatib o‘tamiz, bokschilarning birinchi qarama-qarshiligida britaniyalik charm qo‘lqop ustasi Klichkoni 11-raundda nokautga uchratgan edi.
Fikrlar