Konor Makgregor: Meyvezer zarbalarimga chiday olmaydi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregor Floyd Meyvezerning tanasi kichik ekanligini aytib o‘tgan. Bu sportchilar o‘rtasida jang boks qoidalariga ko‘ra, 26 avgust kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
– Uning tanasi menikidan kichik. U ajoyib sport formasida. 40 yoshida bunday ko‘rinish yaxshi natija. Ammo u mening zarbalarimga aniq dosh bera olmaydi. Uning tanasi va oyoqlari ham menday raqibga qarshi jangda yordam bera olmaydi, – deya Makgregorning so‘zlarini keltiradi Boxing Scene nashri.
– Uning o‘ziga yarasha urushish uslubi bor. O‘ng qo‘lda zarba beradi. Ammo menga yaqinlasha olmaydi ham, qocholmaydi ham. Bu jangda mening jang uslubim unga bir qator muammolarni kelitirib chiqaradi.
Fikrlar