Mahmud Muradov XFN turniridagi so‘nggi jangida g‘alaba qozondi

CHERY AUTO

O‘zbekistonlik yakkakurash jang san’atlari ustasi Mahmud Muradov (14-6, KO6) bugun XFN (X Fight Nights) turnirida jang o‘tkazdi. Chexiyaning Praga shahrida o‘tgan qarama-qarshilikda hamyurtimizga braziliyalik 41 yoshli Ervaldo de Oliveyra (35-22-0) raqiblik qildi.

Tecno

Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvda Mahmud o‘z g‘alabasini tantana qildi. U ikkinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratib, chempionlik kamarlarini o‘zida saqlab qoldi.

Bundan oldin Mahmud Murodov o‘tgan yili dekabr oyida ringga chiqib, chexiyalik Tomash Penzni mag‘lub etgan va XFN chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi. Mazkur jang uning XFN (X Fight Nights) tashkiloti bilan tuzilgan shartnomasiga ko‘ra so‘nggisi bo‘lgan edi. Bu jangga qadar u XFN turnirida 3 ta jang o‘tkazib, 2 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qayd etgan.

Endi Mahmud Muradov o‘zining faoliyatini Bellator’da davom ettirish uchun okeanortiga yo‘l oladi. U 2017 yil dekabr oyida u o‘tgan yili boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni amerikalik kichik Floyd Meyvezerga tegishli bo‘lgan The Money Team (TMT) klubi bilan shartnoma imzolagan va ushbu klub bilan kelishuvga erishgan birinchi MMA jangchisi degan nomga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: Mahmud Muradov World Kickboxing Network tashkiloti talqini bo‘yicha qit’alararo chempion, Caveam talqini bo‘yicha jahon chempioni va XFN talqini bo‘yicha jahon chempioni hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!