
Mahmud Murodov chempionlik jangida zafar quchdi
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Muradov (13-6, KO6) o‘zining navbatdagi jangini Chexiya poytaxti Pragadagi "O2 Arena"sida o‘tkazdi.
XFN kamari uchun to‘qnashuvda sportchimizga chexiyalik Tomash Penz raqiblik qildi. Qiziqarli kechgan bellashuvning ilk raundidayoq raqibini nokautga uchratdi.
Mahmud Murodov XFN (X Fight Nights) tashkiloti bilan tuzilgan shartnomasiga ko‘ra, bu jang so‘nggisi bo‘ldi. Bu jangga qadar u XFN turnirida 3 ta jang o‘tkazib, 2 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qayd etgan edi.
Ayni damda Mahmud Murodov World Kickboxing Network tashkiloti talqini bo‘yicha qit’alararo chempion, Caveam talqini bo‘yicha jahon chempioni va XFN talqini bo‘yicha vaqtinchalik chempion hisoblanadi. U endilikda boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni amerikalik kichik Floyd Meyvezerga tegishli bo‘lgan The Money Team (TMT) klubida jang olib boradi.
Ma’lumot uchun: X Fight Nights MMAning yangi, professional va o‘zini-o‘zi moliyalashtiradigan ligasi hisoblanadi. XFN arenalarida jahon darajasidagi eng yaxshi jangchilar o‘zaro to‘qnash keladilar. XFN sportda endi porlayotgan yulduzlar ajoyib imkoniyat hamdir.
Fikrlar