Makgregor Meyvezerga qarshi jangga tayyorgarlikni cho‘lda davom ettirmoqda

CHERY AUTO

Engil vazn toifasida UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerga qarshi jangga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Tecno

29 yoshli irlandiyalik jangchi o‘zining tvitter sahifasida Las-Vegas cho‘llarida velomashg‘ulotlarni olib borayotganligini ma’lum qilgan.

Mening rejamda hamma joy ochiq. Mashg‘ulot Las-Vegas cho‘lida davom etmoqda. Bu iqlim asir olmaydi. Xuddi men singari, – deb yozadi Makgregor.

Meyvezer va Magregor o‘rtasida boks qoidalariga ko‘ra tashkil qilinadigan jang 26 avgust kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. Har ikki sportchi mazkur to‘qnashuvdan so‘ng taxminan 100 million dollardan ishlab oladi.

 

Green zone on the @mcgregorsfast conditioning program. Taking place in the Las Vegas desert!
This climate takes no prisoners. Just like me. pic.twitter.com/3nDNvjMy5S

— Conor McGregor (@TheNotoriousMMA) 31 iyulya 2017 g.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!