Makgregor Meyvezerni mag‘lub qilish yo‘lini bilib oldi
Besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni amerikalik Floyd Meyvezer UFC chempioni Konor Makgregor bilan bo‘ladigan jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bokschining so‘zlariga ko‘ra, raqib g‘alaba qozonish uchun 12 raund chidab berishi kerak ekan.
– Agar jang masofadan turib cho‘zilib ketsa, bu Makgregorning g‘alabasi bo‘ladi. Shaxsan men uchun bu uning g‘alabasi bo‘ladi. U jang 4 raund davom etmasligiga ishonchi komil va yana to‘qnashuvni muddatidan oldin tugatishni rejalashtirgan. Biz ikkimiz ham tajriba va bilimlarimizga suyanamiz. Shunday ekan, oldinda qiyin bo‘ladi, – deya Meyvezerning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri.
Meyvezer va Makgregor jangi 26 avgust kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Barcha davrlarning eng yaxshi bokschilari reytingida Meyvezer etakchi, Mayk Tayson esa 73-o‘rinda

Fikrlar