Makgregor Meyvezerni qachon va qanday nokaut qilishi oshkor bo‘ldi

  • 21 iyun, 2017, 10:40
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Shu yilning 26 avgust aralash jang san’atlari ustasi Konor Makgregor professional boks bo‘yicha 12 karra jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan boks qoidalari asosida jang qiladi.

Tecno
 

Ana xolos: UFC rahbari Magregorning mag‘lubiyatini kutyapti

Konorni ushbu uchrashuvga tayyorlayotgan boks murabbiyi Ouen Roddi shogirdi qanday qilib raqibni nokaut qilishini aytib berdi.

- Men Konorning g‘alabasiga shubha qilmayman, - dedi Ouen Roddi. - Shogirdim Meyvezerni nokaut qiladi. Buning uchun unga bir juft raund kifoya. Floydning himoyasi o‘ta kuchli, lekin uning ham nozik tomonlarini bilamiz. Konor esa raqib tez moslashish xususiyatiga ega. Qolaversa, Konor o‘ta tezkor va aniq zarba bera oladigan jangchi. Zarbasi qanchalar kuchli ekanini zalimizdagi har bir sportchi tasdiqlaydi.

Ko‘pchilik bo‘lajak jangni haqiqiy boks emasligini, balki pul ishlash uchun tashkillashtirilayotgan shou bo‘lishini taxmin qilmoqda.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!