Malayziya klubi Shavkat Salomov bilan shartnoma imzolamaydi

  • 6 yanvar, 2017, 19:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, o‘tgan mavsumni «Buxoro» safida harakat qilgan Shavkat Salomov Malayziya Super ligasi vakili «T-Tim» ko‘rigidan o‘tayotgan edi.

Tecno

Jamoa bosh murabbiyi Rahmad Darmavan jarohati sabab bu mavsumni o‘tkazib yuboradigan jamoaning malilik futbolchisi Makan Konate o‘rniga, O‘zbekiston terma jamoasining sobiq a’zosi Shovkat Salomov hamda “Marsel” klubidagi faoliyati bilan muxlislarga tanish bo‘lgan Mamadou Samassani «T-Tim» mashg‘ulotlariga jalb etgan edi.

Biroz avval, SPORTS.uz axborot portaliga xabar bergan malayziyalik mustaqil jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, «T-Tim» klubi Shavkat Salomov bilan emas balki Mamadou Samassa bilan shartnoma imzolaydi. Jamoaning yordamchi murabbiyi yuqoridagi qarorni quyidagicha izohlagan.

- Shavkat Salomov ham Makan Konate o‘rniga munosib da’vogar edi. Biroq u faqatgina hujumkor yarim himoyachi sifatida yaxshi taassurot qoldirdi xolos. Avval ham ta’kidlaganimizdek jamoadagi moliyaviy qiyinchiliklar sabab, klubimizga ham yarim himoyada, ham hujumda birdek o‘ynay oladigan futbolchi zarur edi. Shu sababli Mamadou Samassani tarkibda olib qolishga qaror qildik, deydi – «T-Tim» yordamchi murabbiyi Mohd Azhari Salim.

Bu xabarni bizga ma’lum qilgan manbadan farqli o‘laroq, "T-Tim” jamoasi Shavkat Salomov bilan shartnoma imzolamasligi haqida rasmiy ma’lumot bermagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!