Maqtanchoq bokschi Pakyaoning pul olib kelishini kutmoqda

  • 16 yanvar, 2017, 23:00
  • 1
  • Boks
TIGGO 2 PRO

 

Amerikalik bokschi Edrien Broner (32-2, 24 KO) jahon boksining superyulduzi Menni Pakyaoni hayratga soladigan taklif bilan murojaat qildi. O‘ziga bino qo‘ygan bokschining aytishicha, Menni Pakyaoga munosib yagora raqib uning o‘zi ekan.

- Pakyao men bilan jang qilishga muhtoj, - dedi Edrien Broner. – Uning keyingi janglari qancha daromad keltiryapti? Keyingi raqibi Jeff Xornni kim taniydi? Shaxsan men uni ko‘rmaganman. Hamma Broner-Pakyao jangi katta daromad olib kelishini biladi. Menni baribir men bilan jang qiladi. Agar ular men kutgan pulni olib kelsa ringga chiqishga roziman.

Maqtanchoq Edrien Broner navbatdagi jangini 18 fevral kuni Meksika vakili Adrian Granadosga (18-4-2, 12KO) qarshi o‘tkazadi.

SPORTS.uz

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!