
Pakyao: Hamyurtlarim oldida Markesdan qasos olaman
Professional boksning WBO yo‘nalishi chempioni Menni Pakyao (59-2-6, 38 KO) o‘zining azaliy raqibi, to‘rtta vazn toifasi sobiq chempioni Xuan Manuel Markesga (56-1-7, 40 KO) qarshi beshinchi jangini o‘tkazish niyatida ekanini ma’lum qildi.
- Men Markes bilan revansh jangini Filippinda o‘tkazmoqchiman, - dedi Menni Pakyao. - Men muxlislarim ko‘z o‘ngida uni engishim kerak.
Menni Pakyao ilk marta Xuan Manuel Markes bilan 2004 yil jang qilgan va bellashuvda durang qayd etilgan. 2008 va 2011 yillardagi uchrashuvda filippinlik bokschining qo‘li baland kelgan. 2012 yilgi to‘rtinchi jangda meksikalik bokschi raqibini nokautga tushirgan.
Uch yildan buyon ringga chiqmayotgan Xuan Manuel Markes beshinchi jang uni qiziqtirmasligini bildirdi.
SPORTS.uz
Fikrlar