
Mauro Ikardi “Inter”ning ishonchli g‘alabasini ta’minladi (Video)
Italiya chempionati 12-turida "Inter" futbolchilari o‘z maydonida "Atalanta" jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvning 51 va 60-daqiqalarida Mauro Ikardi tomonidan kiritilgan gollar milanliklarga ishonchli g‘alaba keltirdi.
Joriy mavsumda A Seriya doirasida hali mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rmagan "Inter" 33 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Napoli" 35 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Ushbu turda kutilmaganda taslim etilgan "Yuventus" 31 ochko to‘plagan holda Italiya chempionatining kuchli uchligiga yakun yasab berdi.
Inter – Atalanta 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 51 Ikardi, 2:0 – 60 Ikardi.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Shkrinyar, Miranda, Santon, Vesino, Galyardini, Kandreva (Brozovich, 73), Valero (Joau Mariu, 83), Perishich, Ikardi (Eder, 90).
Atalanta – Berisha, Toloi (Xaas, 77), Palomino, Masello, Xatebur, Kristante, de Ron, Kastan, Ilichich (Petanya, 55), Kurtich, Gomes (Orsolini, 67).
Ogohlantirishlar: Palomino (48), Kurtich (53).
Fikrlar