Meyvezer AQSh soliq xizmatidan 7,2 mln dollar qarz

  • 13 iyul, 2017, 16:21
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer 2010 yil uchun AQSh soliq xizmatidan qarzdorligi borligi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni davlatga 7,2 million dollar miqdorida soliq to‘lashi kerak.

Tecno

Avvalroq, Meyvezer soliq organlari oldida 2015 yil uchun 22,2 million dollar qarzi borligi ma’lum qilingan edi. Bokschi bu qarzni irlandiyalik Konor Makgregor bilan bo‘ladigan jangdan so‘ng to‘lashni so‘ragan, biroq bu taklif rad qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yili Meyvezer Sheyna Mozliga qarshi jang o‘tkazgan va 40 million dollar olgan. Meyvezer – Makgregor to‘qnashuvi 26 avgust kuni Las-Vegasda tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!