Meyvezer va Makgregor jangi boks va MMA uchun haqoratdir

  • 15 mart, 2017, 17:17
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO


To‘rt vazn toifasining sobiq jahon chempioni Xuan Manuel Markes Floyd Meyvezer va Konor Makgregor o‘rtasida jang tashkil qilish g‘oyasini qattiq tanqid qildi.

Tecno

Bu jang sport uchun sharmandalik va havaskorlar boksi hamda UFC muxlislari uchun haqoratdir. Har bir sport turi hurmatga loyiq. Boks va MMA ham shular qatorida. Mazkur jangni tashkil qilish mumkin emas. Makgregor bunda yutishiga hech qanday imkoniyat yo‘q, – deydi Markes.

Eslatib o‘tamiz, UFC prezidenti Deyn Uayt Meyvezer - Makgregor jangi borasida kelishuvga erishganlini inkor qilib, buni tasdiqlamagan.

meyvezer_makgregor

Avvalroq Las-Vegasdagi “Ti-Mobayl Arena” arenasi bu sportchilar o‘rtasidagi jang uchun 10 iyunga band qilinganligi ma’lum qilingan edi. Mazkur to‘qnashuv boks qoidalariga o‘tkazilish rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!