Meyvezer va Pakyao o‘rtasida revansh jang o‘tkazilishi mumkin

  • 22 yanvar, 2019, 14:08
  • 0
  • Boks

Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer va filippinlik Menni Pakyao o‘rtasidagi revansh jang tashkil etilishi mumkin. Bu haqda The Money Team (TMT) Russia (Meyvezerning Rossiyadagi vakili) Timofey Kurgin TASS nashriga ma’lum qilgan.

Yakshanba kuni Pakyao hakamlarning qaroriga ko‘ra, amerikalik Edrien Bronerni mag‘lub etdi. Jangdan so‘ng filippinlik bokschi Meyvezer faoliyatini yangilaydigan bo‘lsa, revansh jangga tayyorligini aytib o‘tdi.

– Pakyao - Broner anchagina qiziqarli o‘tdi, – deydi Kurgin. – 40 yoshda va og‘ir janglardan so‘ng Pakyao hamon dunyoning eng yaxshi bokschilaridan biri ekanligini isbotladi. Albatta, hozir asosiy savol Meyvezer va Pakyaoning ikkinchi jangi qachon bo‘ladi? Barcha ma’lumki, Floyd o‘sha zalda bo‘lgan va hattoki Mennining kiyim almashtirish xonasiga ham tashrif buyurdi.

Bunda hech qanday kafolat yo‘q, ammo Meyvezer har doim reja bilan yuradi va tinmaydi. Faqatgina shuni ayta olamanki, CBS korporatsiyasi va Showtime kanali bu jangga juda qiziqish bildirmoqda va uni tashkillashtirishni kuchaytirib yuborgan. Aminmanki, bu ikki sport afsonasining ringda uchrashishi butun dunyodagi muxlislarga qiziq bo‘ladi, – deya qo‘shimcha qildi Kurgin.

Eslatib o‘tamiz, Pakyao va Meyvezer o‘rtasidagi birinchi jang 2015 yil 2 may kuni Las-Vegasda o‘tkazilgan. OAV uni “asr jangi” deb nomlagan. Amerikalik bokschi ochkolar bo‘yicha ustun kelgan va Butunjahon boks uyushmasi (WBC), Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) va butunjahon boks tashkiloti (WBO) chempionlik kamarlariga ega chiqqan. Bu jangda Meyvezer boks tarixida rekord gonorar – 210 mln dollar, Pakyao esa 120 mln dollar olgan.

40 yoshli Pakyao hisobida 61 g‘alaba (39 nokaut), 7 mag‘lubiyat mavjud bo‘lsa, 41 yoshli Meyvezer 50 jangning barchasida zafar quchgan. Shulardan 27 tasini nokaut bilan yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!