
Mourino shogirdini Italiyaga jo‘natadigan bo‘ldi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino asosiy tarkibga kirolmayotgan Morgan Shneyderlenni "Inter" jamoasiga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi. Avvalroq, portugaliyalik mutaxassis bu futbolchini raqibotchi jamoalardan biri "Everton" kuchayib ketmasligi uchun bu jamoaga o‘tishiga yo‘l qo‘ymagan edi.
"Inter" anchadan buyon Shneyderlenga qiziqish bildirayotgan edi. Shuningdek, Mourino Morganni "Vest Bromvich Albion"ga o‘tishiga ham qarshi emas. Joze bu jamoani raqobatbardosh deb tan olmadi.
O‘z vaqtida frantsiyalik yarim himoyachi "Strasbur", "Sautgempton" va "Ipsvich" jamoalarida to‘p surgan va 2015 yili "Manchester Yunayted"ga kelib qo‘shilgandi. Yangi mavsumda Shneyderlen atigi 11 daqiqa o‘ynadi.
Fikrlar