OChL-2017. “Bunyodkor” oq, “Zob Ahan” yashil libosda o‘ynaydi

  • 10 aprel, 2017, 14:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

OChL-2017 turniri "S" guruhi 4-turidan o‘rin olgan “Zob-Ahan” – “Bunyodkor” bahsi oldidan jamoalar menejerlari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Shulardan biri ertangi bahsda jamoalarning qanday rangli liboslarda maydonga chiqishi kelishib olindi. Unga ko‘ra, “Zob-Ahan” yashil, “Bunyodkor” oq libosda harakat qiladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, “Zob-Ahan” – “Bunyodkor” uchrashuvi 11 aprel kuni Isfahondagi “Fuladshahr” stadionida mahalliy vaqt bilan 20:00da (Toshkentda 20:30 bo‘ladi) boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!